Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etiladi

Kecha, 29-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

 

Unga ko‘ra, Mudofaa vazirligining barcha harbiy ta’lim muassasalari – 5 ta institut, Serjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda Aviatsiya va uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash markazi institut maqomida mazkur universitet tarkibiga o‘tkaziladi.

 

 

Shuningdek:

 

 

➖ Tor doiradagi ixtisosliklar bo‘yicha “2+2” tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, psixolog, aloqachi, ta’minotchi, omborchi kabi 18 xil yondosh soha mutaxassislari boshqa OTMlarning 2-bosqich talabalari orasidan saralab olinadi;

 

 

➖ Yangi o‘quv yilidan boshlab, bitiruvchi bosqich kursantlari uchun tanlov asosida “Oliy Bosh Qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi. Mazkur stipendiya sohibi bakalavriatni tamomlaganidan so‘ng 5 yil mobaynida oliy harbiy ta’lim muassasalarining magistraturasiga imtihonlarsiz qabul qilinadi;

 

 

➖ Endilikda oliy harbiy ta’lim muassasalarining 36 ta ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari biryo‘la ikkita diplom – fuqarolik va harbiy kasbga mo‘ljallangan mutaxassislik egasi bo‘ladi. Bu ularning harbiy xizmatdan keyin ham faol ishlashi imkonini beradi.