Buxorodagi pedagogika institutida oʻqituvchi orqali ushbu institutga oʻqishga kiritib qoʻyishlari evaziga 3 500 AQSH dollarini olgani aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.X. va O.R. fuqaro O.B.ni muqaddam Buxoro pedagogika institutida oʻqituvchi vazifasida ishlagan F.R. orqali ushbu institutga oʻqishga kiritib qoʻyishlari evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tadbir davomida fuqaro F.R. tanishi R.Sh. orqali 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Quvasoy shahri boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro Sh.N.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Fargʻona davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
