“Qizil” maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

“Qizil” maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

Boshqa hududlardagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan, ya’ni “qizil” toifaga kiruvchi maktablarda ishlashni xohlagan o‘qituvchi-pedagoglar uchun elektron platforma orqali ishlash imkoniyati yaratiladi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ular 15-maydan 25-iyulga qadar vakant soatlar ko‘rsatilgan maktablarni tanlab, to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu maktab direktoriga murojaat qilishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Murojaat etuvchi o‘qituvchilardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– mutaxassisligi va dars beradigan fanini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga yozilgan ariza;⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqamlari ko‘rsatilgan ma’lumotnoma – obektivka;⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va nomzodlarni saralash maqsadida Ishchi guruh tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu guruh tarkibiga maktab direktori, uning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor), psixolog hamda maktab kasaba uyushmasi vakili kiritiladi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Agar bir o‘rin uchun ikki yoki undan ortiq nomzod bo‘lsa, ular kasbiy bilim va ko‘nikmalar, pedagogik mahorat va psixologik qobiliyatlar bo‘yicha Ishchi guruh tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Saralash jarayoni onlayn tarzda ham tashkil etilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Saralash natijalari asosida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar har yili 5-avgustga qadar tanlab olingan o‘qituvchi-pedagoglar haqidagi ma’lumotlarni elektron platformaga kiritadi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunday maktablarda ishlash istagida bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar uchun qo‘yiladigan talablar:

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– dars berayotgan fani bo‘yicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega bo‘lishi;⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– boshqa hududda kamida bir yillik pedagogik faoliyatga ega bo‘lishi;⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– hozirda ishlayotgan maktab “qizil” ro‘yxatda bo‘lmasligi lozim.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠