Tavsiyanomali abituriyentlar uchun o‘tish ballari pasayishi kutilmoqda

Tavsiyanomali abituriyentlar uchun o‘tish ballari pasayishi kutilmoqda

Xabaringiz bor, bir necha yildan buyon ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta grant kvotasiga tavsiyanoma asosida imtiyoz beriladi.

 

 

Joriy yilda Prezident farmoyishi asosida ushbu kvotalar soni 2 barobar ko‘paytirilgan holda, 4 mingta etib belgilandi. Demak, katta ehtimol bilan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun o‘tish ballari joriy yilda pasayishi kutilmoqda.

 

 

Shuningdek, test natijalari chiqishni boshlagach, «Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi, bizga ball qo‘shilmadi-ku» degan savollarga ham duch kelyapmiz.

 

 

Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi.

 

 

Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.

 

 

Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi.

 

 

Joriy yilgi ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi.

 

 

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmaydi.

 

Tavsiyanomali abituriyentlar uchun o‘tish ballari pasayishi kutilmoqda