2008-yil 1-iyuldan keyin tug‘ilgan, 9 yoki 10-sinfni bitirgan maktab o‘quvchilari uchun Koreyada 3 yillik ta’lim olish imkonini beruvchi grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda.
Dasturga ariza topshirish uchun nomzodlardan Koreys tili bo‘yicha TOPIK imtihonining kamida 2-daraja sertifikatiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Grant doirasida quyidagi xarajatlar qoplanadi:
— o‘qishga kirish puli;
— 3 yillik kontrakt asosidagi o‘qish to‘lovi;
— yotoqxona joyi;
— ovqatlanish xarajatlari.
O‘qish muddati: 3 yil
Umumiy ajratilgan grant o‘rinlari soni: 41 ta
Hujjat topshirish muddati: 2025-yil 28-iyulgacha uzaytirilgan.
Hujjat topshirish tartibi: Hujjatlar elektron pochta orqali kecuz@korea.kr manzilga yuboriladi:
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
— ariza shakli (1-shakl);
— o‘zini tanishtirish xati (2-shakl);
— o‘qish rejasi (3-shakl);
— maktab direktoridan tavsiyanoma (4-shakl);
— rozilik xati (5-shakl);
— shaxsiy tibbiy baholash shakli (6-shakl) va yo‘riqnomada ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.
Muhim: Barcha shakllar koreys yoki ingliz tilida to‘ldirilishi, barcha hujjatlar ingliz yoki koreys tiliga notarial tasdiqlangan tarzda tarjima qilingan bo‘lishi lozim.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +71 291 81 82
