Hilola Uktamovna Umarova – Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.
Hilola Umarova, 1988-yil 9-avgustda Germaniyaning Vaymer shahrida tug‘ilgan. 2022-yil 30-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan.
Ta’lim va diplomatiya sohasi:
2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriatini, 2013-yilda magistraturasini tamomlagan.
Vazir Hilola Umarova shu paytgacha quyidagi lavozimlarda faoliyat yuritgan:
2019 – 2019-yy. – Toshkent shahridagi INHA universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh menejer;
2019 – 2020-yy. — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori;
2020 – 2022-yy. – Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori;
2022 – yildan – Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri.
