Afg‘onistonda ayol-qizlarga ta’lim olish tizimi taqiqlanganiga qaramay, ayol rahbarligidagi radio stansiya sabab millionlab qizlar ta’lim olishni davom ettirmoqda.
Begum radiosi, 2021-yil avgustidan beri o‘rta maktab ta’limi olish huquqidan mahrum bo‘lgan 12 yoshdan katta qizlar uchun matematika, geografiya va ingliz tili bo‘yicha audiodarslar uzatmoqda. Ushbu radio orqali minglab o‘quvchi qizlar uylarida o‘qishni davom ettirmoqda.
Radio darslari orqali ta’lim olayotgan qizlardan biri 16 yoshli Xafsa:
“Akamlarni maktabga kuzatayotganda yuragim eziladi. Men ham darslarga qatnashishni, sinfdoshlarimni sog‘inaman”, — deydi.
Begum — 2021-yil mart oyida afg‘onistonlik Xamida Aman tomonidan asos solingan fransuz notijorat tashkilotiga qarashli media platformadir. U nafaqat qizlar uchun radioeshittirishlar, balki Begum Academy nomli onlayn ta’lim platformasi va ayollar uchun sun’iy yo‘ldosh telekanalini ham yuritadi.
2025-yil fevral oyida Afg‘oniston hukumati Begum va unga qarashli erkaklar uchun mo‘ljallangan boshqa bir radio faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan. Lekin, oradan bir necha hafta o‘tib, ayrim cheklovlar bilan efirga qaytishiga ruxsat berilgan. Kandahar va Helmand viloyatlarida esa Begum radiosiga hali ham efirga chiqish taqiqlangan.
Radio direktori, 26 yoshli Sabba Chaman shunday deydi:
“Bizda tanlov yo‘q. Shunga qaramay, biz moslashamiz va bu orqali qizlar uchun ta’limni saqlab qolamiz.”
