AQSH universitetlari xorijlik talabalarning kamayishi tufayli 1 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin

AQSH universitetlari xorijlik talabalarning kamayishi tufayli 1 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin

AQSHdagi o‘nlab universitetlar yangi xorijiy talabalar tomonidan to‘lanadigan kontrakt pullarining kamayishi natijasida taxminan 1 milliard dollar daromad yo‘qotishi mumkin. Bunga prezident Donald Tramp ma’muriyatining harakatlari sabab bo‘layotgani haqida Financial Times xabar bergan. 

 

 

Unga ko‘ra, abituriyentlarni tekshirish tartibining keskin kuchaytirilishi, vizalarni rasmiylashtirishdagi kechikishlar, shuningdek, muhojirlarning chegaralarda ushlab qolinishi xorijiy talabalar va universitet ma’muriyatida jiddiy xavotir uyg‘otayotganligi ta’kidlangan.

 

 

Tadqiqotlarga ko‘ra, talabalar soni 1000 nafardan kam bo‘lgan va ularning 15 foizidan ortig‘i xorijlik bo‘lgan 162 ta oliy ta’lim muassasasi xavf ostida.

 

 

Shorelight Analytics konsalting kompaniyasining hisob-kitobiga ko‘ra, bu holat taxminan 900 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromad kamayishiga olib kelishi mumkin. AQSHda o‘qiyotgan xorijlik talabalar sonining 10 foizga qisqarishi esa jami moliyaviy yo‘qotishlarni 3 milliard dollargacha yetkazishi mumkin.