Ertaga “Jasorat maktablari” ga kirish imtihonlari o‘tkaziladi

Ertaga “Jasorat maktablari” ga kirish imtihonlari o‘tkaziladi

Ertaga — 10-iyul kuni «Jasorat maktablari»ga kirish imtihonlari bo’lib o’tadi. Avvalroq, 1-bosqich kirish imtihon materiallari spetsifikatsiyasi va o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilangani haqida xabar bergan edik.

 

 

 Imtihonlarda quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

 

 

– farzandingizni imtihon o‘tkazilishi belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

 

 

– issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

 

 

– imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning).

 

 

Imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang, bu firibgarlikdir.

 

 

Imtihonlar soat 8:00 da boshlanadi va bir smenada bo‘lib o‘tadi.

 

 

Ma‘lumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.

 

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun tel: 1206