Chet tilini bilish darajasini baholashning yozish bo‘limi formati yangilanishi mumkin

Chet tilini bilish darajasini baholashning yozish bo‘limi formati yangilanishi mumkin

2025-yil oktyabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha ko‘p darajali (multilevel) tizimning yozish bo‘limi formati va baholash mezonlarini yangilash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi (NSFLA) xabar berdi.

 

 

Unga ko‘ra, yangi format 2025-yil avgust oyida aprobatsiyadan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

 

Ushbu havola orqali siz yangi format bo‘yicha topshiriqlar tafsilotlari va namunaviy topshiriqlar bilan tanishishingiz mumkin.

 

Chet tilini bilish darajasini baholashning yozish bo‘limi formati yangilanishi mumkin