2025-yilda oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida qabulda eng talabgir yoʻnalishlar orasida pedagogik taʼlim peshqadamlik qilgan va hatto axborot texnologiyalarini ham ortda qoldirgan. Bu haqda Rossiya taʼlim vaziri Sergey Kravsov maʼlum qildi.
Rossiya taʼlim vazirining ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda davlat granti boʻyicha arizalar sonida pedagogik taʼlimning barcha yoʻnalishlarni, jumladan axborot texnologiyalarini ham ortda qoldirgan. 2024-yili yili axborot texnologiyalari birinchi oʻrinda, pedagogik taʼlim esa ikkinchi oʻrinda bo‘lganini aytdi.
‘‘Albatta, qabul kampaniyasining yakuniy natijalarini koʻramiz, ammo bugungi kunga kelib, 70 mingta byudjet oʻrniga 233,5 mingta ariza topshirildi’’, — degan vazir.
Shuningdek, Sergey Kravsov oʻrta maxsus taʼlimga qiziqishning ortib borayotganini qayd etib, bu holatni “oʻrta maxsus taʼlim fenomeni” deb atagan.
‘‘Bugungi kunda oʻrta maxsus taʼlimga 450 mingta ariza topshirildi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 200 mingta arizaga koʻproq’’, — ta’kidlagan u.
Avvalroq, Tatariston bitiruvchilari orasida tarix, adabiyot va kimyo fanlari boʻyicha Yagona davlat imtihoni (YATI) natijalari maʼlum qilingan. Respublika taʼlim va fan vazirligining maʼlumotiga koʻra, 234 nafar maktab oʻquvchisi mazkur imtihonning minimal chegarasini yengolmagan. Jumladan, 149 nafar bitiruvchi kimyo fanidan, 78 nafar tarixdan, 7 nafar esa adabiyotdan imtihondan oʻta olmagan.
