Xabaringiz bor, joriy yilning 1-iyul kuni Ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan tashkil qilingan “Yosh olimlar va tadqiqotchilar maktabi” loyihasi boʻyicha davra suhbati o’tkazildi.
Jahon amaliyotida ilk bor milliy attestatsiya jarayonlarini to’liq onlayn tarzda tashkil etilib, talabgorlar bilan jonli muloqot 90 foizgacha qisqartirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maslahatchisi Bahodir Jovliyev davra suhbatida ma’lum qildi.
Shuningdek, maqsadli attestatsiya tadbirlarni sifat, natijadorlik va raqobatdoshlik mezonlari asosida amalga oshiriladi. Tadqiqotchilarning attestatsiya jarayonini optimal tashkil etish maqsadida talab etiladigan 33 ta hujjatning 25 tasi bekor qilinadi.
Ilmiy kengashlarni tuzish va ularning faoliyatiga rahbarlik qilish, to’liq tarzda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlariga mustaqil bo’ysunuvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
