Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 1-iyul kunidagi ‘‘Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risida’’gi nizomga ko‘ra, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari har besh yilda bir marta malaka toifasini berish boʻyicha navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Nizomning 6-bandiga ko‘ra, ilgari attestatsiyadan oʻtmagan va ishga yangi qabul qilingan yoki taʼlim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mutaxassisligi boʻyicha 3 yil pedagogik ish stajiga ega boʻlgandan soʻng, majburiy attestatsiyaga jalb qilinadi. Majburiy attestatsiyaga jalb qilingunga qadar ularda malaka toifasiga ega bo‘lmagan ishlab chiqarish ta’limi ustasi toifasi beriladi.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi mumkin. Bunda, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan taʼlim ustalarining malaka toifasi tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi.
Navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga ko‘ra amaldagi malaka toifasi oshirilgan, saqlangan yoki tushirilgan, shuningdek, navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra amaldagi malaka toifasi oshirilgan yoki saqlangan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari navbatdagi majburiy attestatsiyaga 5 yildan so‘ng jalb etiladi.
Ushbu qarorning 14-bandiga muvofiq, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari asosiy ish joyi boʻyicha attestatsiyaga jalb etiladi. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan va asosiy ish joyi boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanmaydigan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlaridan oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilishi mumkin.
15. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malaka toifalari boshqa taʼlim tashkilotlariga ishga oʻtganda saqlab qolinadi.
16. Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oliy yoki oʻrta maxsus (kasbiy taʼlim) maʼlumot olganligi, norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish (“Recognition of Prior Learning”) diplom yoki sertifikatlar shuningdek qayta tayyorlash kursidan oʻtganligi haqidagi diplomida koʻrsatilgan mutaxassisligi yoki ixtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.
17. Attestatsiyadan oʻtish uchun ishlab chiqarish taʼlimi ustalari har yili 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita pedagog.edu.uz elektron axborot tizimidan (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladilar.
