Navoiy viloyatidagi maktabga oʻquvchilari faolligi uchun BYD avtomobili topshirildi

Navoiy viloyatidagi maktabga oʻquvchilari faolligi uchun BYD avtomobili topshirildi

Avvalroq, joriy yilning 29-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hamkorligida Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO–2025) ning final bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tganligi haqida xabar bergan edik.
 

Taqdirlash marosimida Olimpiadada eng faol qatnashib, o‘quvchilari yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Navoiy viloyatidagi Karmana tumani 6-umumiy o’rta ta’lim maktab jamoasiga “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin – BYD Chazor avtomobili tantanali ravishda topshirildi.
 

Ta’kidlash joizki, mazkur olimpiada umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarning STEM fanlariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, kelgusida ushbu olimpiada fanlar qamrovini oshirgan holda Markaziy Osiyo davlatlari oʻquvchilari oʻrtasida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.