Qashqadaryodagi xususiy bogʻchada 2,5 yoshli qizaloq vafot etgani aytilmoqda

Qashqadaryodagi xususiy bogʻchada 2,5 yoshli qizaloq vafot etgani aytilmoqda

Joriy yilning 20-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 2,5 yoshli qizaloq vafot etgani aytilmoqda.

 

 

Maʼlum boʻlishicha, hodisa Ushoqtepa mahallasidagi xususiy bogʻchada sodir boʻlgan. 2,5 yoshli qizchani nodavlat MTT rahbari ertalab bogʻchaga olib ketgan. Koʻp oʻtmay uning yaqinlariga qizaloqning tobi boʻlmay qolgani haqida xabar berilgan.

 

 

Ta’kidlanishicha, bola mashinada qolib, dimlanib nobud boʻlgani aytilmoqda. Bolalarni bogʻcha rahbari oʻzi har kuni Spark mashinasida uydan bogʻchaga, bogʻchadan uyga tashigan. Oʻsha kuni ham bogʻchaga u mashinada olib ketgan.

 

 

Qizning buvisi oʻsha paytda mashinada 7-8 nafar bola boʻlganini aytgan.