Joriy yilning 1-iyundan 20-iyun kuniga qadar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga arizalar qabul qilingan.
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabuli 25-iyun soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Shuningdek, Prezident maktablarining 7–10-sinflaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga hujjatlar qabuli davom etmoqda. Arizalarni my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali yuborish mumkin.
