Xabaringiz bor, 2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etishi haqida xabar bergan edik.
2025-yil 25-iyun soat 23:59 — Oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni hisoblanadi.
So‘nggi kunlarga qoldirmasligingiz so‘raladi. Chunki tizimga kirish qiyin bo‘lishi mumkin. Har yili qabul oxirida abituriyentlar oqimi ortadi, tizim sekinlashadi va shoshilinch xatolar yuzaga kelishi mumkin.
25-iyun 23:59 gacha shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Ammo qabul tugagach, barcha ma’lumotlar qat’iy hisoblanadi. Shu kundan keyin sertifikatlarni qo‘shib ham, ma’lumotlarni tahrirlab ham bo‘lmaydi.
Eslatma:
Shaxsiy kabinetingizda ma’lumotlaringizni tekshiring.
To‘lov amalga oshirilganligiga ishonch hosil qiling.
Test to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshiring!
Fanlar majmuasi, ta’lim tili va test hududini diqqat bilan tanlang!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: my.uzbmb.uz
