9 va 10-sinfni tugatganlar ham OTMga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladimi?

9 va 10-sinfni tugatganlar ham OTMga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladimi?

9–10-sinf o‘quvchilari hamda akademik litseylarning 1-bosqichida tahsil olayotganlar OTMga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Biroq ular majburiy 11 yillik ta’limni yakunlab, attestat yoki diplom olmaguncha oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etilmaydi.

 

2020-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ning 11-moddasida quyidagi shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega ekanligi belgilangan:

 

➖ umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim);

 

➖ o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim);

 

➖ boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar;

 

➖ ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar.

 

Shu sababli maktablarning 9-10-sinf va akademik litseylarning 1-kurs o‘quvchilari majburiy 11 yillik ta’limni tamomlab, attestat yoki diplom olgandan so‘nggina oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari mumkin.