Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini my.uzbmb.uz saytining “Statistika” bo‘limi orqali bilish mumkin.
Bunda ularning umumiy soni, jinsi va ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti real vaqt rejimida yangilab boriladi.
Ma’lumot uchun, 18-iyun 12:35 holatiga ko‘ra my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar soni — 272 537 nafarni tashkil qilgan.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
O‘zbek tili — 239 799 nafar;
Rus tili — 27 304 nafar;
Qoraqalpoq tili — 4 598 nafar;
Boshqa tillar — 836 nafar.
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
erkaklar — 124 547 nafar
ayollar — 147 990 nafar.
