Google eski o‘quv dasturlarini to‘xtatib, xodimlarni sun’iy intellektdan foydalanishga o‘rgatmoqda

Google eski o‘quv dasturlarini to‘xtatib, xodimlarni sun’iy intellektdan foydalanishga o‘rgatmoqda

2025-yil 14-iyun holatiga ko‘ra, Google o‘zining ichki o‘quv platformasi — Grow’ni tubdan yangilamoqda. Maqsad — xodimlarni kundalik ish faoliyatida sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘rgatishga yo‘naltirishdir.

 

 

Avval Grow platformasi mahsulot yaratish, 3D-printerlardan foydalanish, shaxsiy moliyani boshqarish va hatto Rubik kubigini yechish kabi keng doiradagi kurslarni taklif etgan. Endilikda ushbu kurslarning aksariyati sun’iy intellektga oid dasturlar bilan almashtirilgan.

 

 

Ichki yozishmalarga ko‘ra, 2025 yil bahorida Grow kurslariga yozilgan xodimlarga rejalashtirilgan mashg‘ulotlarning bekor qilingani haqida xabar berilgan, mavjud materiallar esa arxivga jo‘natilgan. 10 yildan ortiq faoliyat yuritgan Grow platformasida yangilanishdan avval 500 mingdan ortiq o‘quv yozuvlari mavjud bo‘lgan va bu tizim Google’da ishlash uchun muhim motivatsion omil sifatida e’tirof etilgan.

 

Google eski o‘quv dasturlarini to‘xtatib, xodimlarni sun’iy intellektdan foydalanishga o‘rgatmoqda

 

Grow kurslarini ishlab chiqqan mutaxassislarga yuborilgan memorandumda kompaniya rahbariyati ko‘plab kurslar «foydalanilmayotgani» va «amaldagi ish faoliyatiga mos kelmasligi»ni ta’kidlagan. Ichki forumlarda esa xodimlar o‘quv yo‘nalishining «biznes ustuvorliklari»ga burilishi kompaniya daromadiga bevosita ta’sir etuvchi dasturlarga e’tibor kuchayayotganini bildirgan.

 

 

Grow platformasining bu islohoti Google’ning ilgari «yoqimli qo‘shimcha» deb qaralgan kurslardan voz kechib, biznes uchun bevosita ahamiyatli yo‘nalishlarga o‘tayotganini ko‘rsatadi. Mutaxassislar buni kompaniyaning operatsion faoliyatini optimallashtirish va sun’iy intellekt sohasidagi kuchli raqobat sharoitida qidiruv texnologiyalarida yetakchilikni saqlab qolishga qaratilgan strategiyasining bir qismi sifatida baholamoqda.

 

 

Kompaniya allaqachon bir nechta bo‘limlarda qisqartirishlar o‘tkazgan va xodimlarga ixtiyoriy ishdan ketish evaziga kompensatsiyalar taklif qilmoqda.