Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli nizomning 8-10-bandlariga ko‘ra, taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) berilish tartibi belgilangan.
Joriy yilning mart-aprel-may oylarida belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri toifa berish toʻgʻrisida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborilgan murojaatlar oʻrganib chiqilib qator oʻqituvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri malaka toifalari berildi hamda ularga “Pedagog kadrga toʻgʻridan-toʻgʻri toifa berish toʻgʻrisida Sertifikat”lar rasmiylashtirilgan.
Mazkur oʻqituvchilar oʻz Sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, nizomning yuqoridagi bandlarida koʻrsatilgan pedagog kadrlar har yili 1-yanvardan 31-dekabrga qadar toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning (pedagog.uzedu.uz/) rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilishlari mumkin.
