Samarqandda “Turon maktab teatri” va “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari o‘tkaziladi

Samarqandda “Turon maktab teatri” va “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari o‘tkaziladi

Joriy yilning 17-19-iyun kunlari Samarqand shahrida “Turon maktab teatri” va “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari bo’lib o’tadi.

 

 

Tanlovlarning dastlabki bosqichi 17-iyun kuni Registon maydonida, ochilish marosimi bilan boshlanadi. Shuningdek, 18-iyun kuni “Hamid Olimjon” nomidagi musiqali drama teatrida “Turon maktab teatri” tanlovi, 19-iyun kuni esa “Nurafshon” san’at saroyida “Iqtidor maktab ansambli” tanlovi bosqichi hamda taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

 

 

Ma’lumot o’rnida, tanlovda g’olib bo’lgan ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi. 2-3-oʻrinlarni egallagan jamoalar esa maxsus sovgʻa (interaktiv doskalar) bilan taqdirlanishi kutilmoqda.