Bugun, 10-iyundan 2025-2026 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma maʼlumotlarini kiritish bilan birga, quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklash lozim:
3,5×4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
oʻqishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar – fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Online ro’yxatdan o’tish yo’riqnomasi bu yerda: havola
