Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani 54- maktabning 9-sinf o‘quvchisi Mamatqulova Gulnoza kimyo fanidan A+ milliy sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Gulnoza 15 yosh bo‘lishiga qaramasdan, ikki yillik tinimsiz mehnat, tirishqoqligi va mas’uliyati bilan bu yutuq orqali o‘z mehnati va bilimini amalda isbotladi.
Albatta, bu natijada uning bilimga yo‘l ko‘rsatgan ustozining ham ulkan hissasi bor. O‘quvchining tayyorgarligida faol ishtirok etgan, mehr bilan saboq bergan ustozi Alisher Mardiyevning zahmatli mehnati tahsinga loyiq.
Gulnozaga kelgusi ta’lim bosqichlarida yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishini tilab qolamiz!
