Jasorat maktablarga hujjatlar qabuli qachon amalga oshiriladi?

Jasorat maktablarga hujjatlar qabuli qachon amalga oshiriladi?

Birinchi marta 2025-2026-o‘quv yili uchun Jasorat maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan.

 

Shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratilgaan va vazirlikning barcha hududiy boshqarmalarida maxsus shtablar tashkil etilgan.

 

Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

 

2025-2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.