2024-2025-o’quv yilidan boshlab o’quvchilarni kasblarga o’qitish ishlarini samarali yo’lga qo’yish uchun maktablarda ustaxonalar tashkil qilinadi.
Bunda oylik ish haqi oliy ma’lumotli maktab o’qituvchisiga tenglashtirilgan “Kasbiy ta’lim ustasi” lavozimi joriy qilinadi.
Bu haqida “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida nazarda tutilmoqda.