Joriy yilning 2-fevral kuni Radjabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farxod Esanovich Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Radjabov Sardor Baxtiyorovich tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Boqiyev Farxod Esanovich esa tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.