Yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish tartibi tasdiqlandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 15-maydagi «Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish toʻgʻrisida»gi 152-son buyrugʻi qabul qilindi.
Mazkur buyruq bilan quyidagilar tasdiqlangan:
– yuqori sinf oʻquvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga koʻra fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda zamonaviy kasblarni oʻrgatish boʻyicha taʼlim jarayonlarini tashkil etish tartibi;
– tanlov fanlari, xorijiy tillar yoʻnalishi boʻyicha tanlov fanlari hamda biznes va kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalishi joriy etiladigan sinflarning 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan oʻquv rejalari va tushuntirish xatlari.
2025-2026-oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich maktablarda biznes va kasb-hunarga oʻqitish hamda xorijiy tillar (ikkinchi xorijiy til) yo‘nalishlari birlashtirilgan holda amaliyotga joriy etiladi.
