Instagramdagi “komment” sabab Samarqandda maktab oʻquvchisi halok boʻldi

Instagramdagi “komment” sabab Samarqandda maktab oʻquvchisi halok boʻldi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 2 ta maktab o‘quvchilari janjalida ulardan biri halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu janjal instagram ijtimoiy tarmog’idagi bir izoh sababli boshlangan. ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlum qilinishicha, 1-maktabdan 3 nafar o‘quvchi va 12-maktabdan 2 nafar o‘quvchi voqeada ishtirok etgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 12-maktabdan qatnashgan o‘quvchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Holat maktabdan tashqarida bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘quvchilar o‘rtasidagi janjal Instagramʼdagi izohlar sabab bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Marhumga tirsak bilan urilgan va orqaga yiqilib, tili ketgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

“O‘g‘lim 2007-yil 13-aprelda tug‘ilgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Darslarda aʼlochi edi, 4 baho ham olmagan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Mening yolg‘iz farzandim edi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘sha kuni ketayotganini aytmay uydan chiqib ketgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Uyga kirsam, menga ustozi telefon qildi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Telefonda o‘g‘lingiz hushidan ketib qoldi, tez kelinglar deganini eshitdim.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Borsam o‘lib qolgan ekan”, – deydi marhumning onasi.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Vafot etgan o‘quvchi oilada yolg‘iz o‘g‘il ekani, uning onasi farzandi o‘qigan maktabda farrosh bo‘lib ishlashi aytilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shifoxonaga yotqizilgan o‘quvchining ahvoli hozircha ma’lum emas.⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠