Surxondaryo viloyatining ayrim tumanlaridagi o‘qituvchilar hozirda 20 million so‘mdan ortiq oylik olayotgan ustozlar safidan joy olgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati MMTB telegram kanalida xabar berdi.
Avvalroq, 15-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda Surxondaryo viloyati MMTB boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Surxondaryoda 2000 dollar maosh olayotgan o‘qituvchilar borligini aytgan edi.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatining Sherobod, Uzun va Sariosiyo tumanlarida faoliyat yuritayotgan bir guruh o‘qituvchilar hozirda 20 million so‘mdan ortiq oylik maosh olayotgan ustozlar safiga qo’shilgan. Ular orasida tajribali pedagoglar, yuqori natijalarga erishgan fan o‘qituvchilari, maktab-internatlar va umumta’lim maktablarida samarali ishlayotgan ustozlar bor.
20 mln so‘mdan ortiq maosh olayotgan ustozlar ro’yxati:
1. Xamdamova Gulshan Jummiyevna – Sherobod tumani, 50-maktab
2. Akbarova Durdona Mahmudjonovna – Sherobod tumani, 50-maktab
3. Dushanbekov Dilshodbek Olimjonovich – Uzun tumani, 29-maktab
4. Mo‘minova Muhayyoxon Saminovna – Uzun tumani, 29-maktab
5. Usmanova Muqaddamxon Muxtarovna – Uzun tumani, 29-maktab
6. Ataboyev Adilbek Djalilovich – Uzun tumani, 34-maktab
7. Begmuratov Akmaljon Saidmuratovich – Uzun tumani, 40-maktab
8. Quvondiqova Dinora Karimovna – Uzun tumani, 40-maktab
9. Ametova Azima Djangabayevna – Uzun tumani, 41-maktab
10. Mirzayeva Marg‘uba Tojmirzayevna – Uzun tumani, 65-maktab
11. Raxmonov Mansur Karimovich – Uzun tumani, 65-maktab
12. Pirnazarov Ixtiyor Maxamadjon o‘g‘li – Sariosiyo tumani, 39-maktab
13. Turopov Mirsodiq Kattaqulovich – Muzrabot tumani, 7-maktab (ro‘yxat davom ettiriladi)
