Bugun, 19-may kuni AOKAda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Axborot xizmat rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida malaka toifa sinovlari bo‘yicha brifing o‘tkazildi.
Unga ko’ra, birinchi yarmida malaka test sinovlarida 5095 nafar pedagog 86 va undan yuqori natija qayd etgan. Demak, Hukumatning 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarori asosida 70% lik ustama tayinlanadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘i Sardor Raximboyev xalqtaliminfo.uz nashriga bergan intervyusida ma’lum qilishicha toifa berish tizimi Amerika tashkiloti tomonidan akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan.
Bunda qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
Belgilangan darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lganligi sababli navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan berilgan maksimal ball e’tiborga olinmaydi.
Ushbu pedagoglar hamda majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan malaka toifasiga ega pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish orqali ustamaga ega bo‘lishlari mumkin.
Ustamaning amal qilish muddati ikki yil bo‘lib, muddat yakunlangandan so‘ng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkin bo‘ladi.
