2026-yildan “Yil o‘qituvchisi” va “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o’tkaziladi

2026-yildan “Yil o‘qituvchisi” va “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari o’tkaziladi

Hukumatning 2025- yil 28- aprel  kunidagi 264-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba umumiy o‘rta ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” va “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari tashkil etiladi.

 

 

Unga ko’ra, “Yil o‘qituvchisi” tanlovi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladi.

 

 

“Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi esa Pedagogik mahorat markazlari direktorlariga mo‘ljallangan.

 

Qaror bilan tanlovlarni o‘tkazish tartibiga oid nizomlar ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, tanlov g‘oliblariga QR-kodli sertifikat topshiriladi.

 

 

G‘oliblar BHMning 1400 baravari (525 million so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.