“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi asosida 3000 nafar oʻquvchi tanlanib, xorijga oʻqishga yuboriladi

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi asosida 3000 nafar oʻquvchi tanlanib, xorijga oʻqishga yuboriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

 

 

Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:

 

 

Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga respublika boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi.

 

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi.

 

Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi.