O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi B. Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh parlament nazorati doirasida Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati o’rganilgan.
Ma’lum bo’lishicha, bog’chalarda bolalar qamrovi 68 foizni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha eng past darajada ekanligi aniqlangan. Hozirgi kunda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 32 foizi maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan qamrab olinmagan.
Shuningdek, 28 ta mahallada hali ham maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud emas.
Bundan tashqari, ayrim tashkilotlarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash talab darajasida emasligi, oshpazlar tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan ishga jalb qilingani va bolalarga belgilangan meʼyorda oziq-ovqat taʼminlanmayotgani kabi holatlar ham aniqlangan.
Shu bois, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, masʼul idoralarga yetkazilgan.
