Toshkentda 7-13- may kunlarni Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiada oʻtkazilishi belgilangan.
10-may kuni ham olimpiada boʻlib oʻtdi.
Unda Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Malayziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 202 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova oʻzining telegramdagi sahifasiga olimpiada jarayonlaridan lavha joylar ekan, vaziyatga “charchoqlarga yengilmayotgan bolalar” deya baho berdi.
Ushbu videoda 4 soatdan beri davom etayotgan olimpiadadagi bolalarning holati aks etgan.
Eslatma: III Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika olimpiadasi ilk marotaba 2 ta fan (matematika va informatika)dan tashkil etilmoqda.
