Toshkentda yangi texnika universiteti ochiladi

Toshkentda yangi texnika universiteti ochiladi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoteva yangi Tashkent Tech  texnika universitetini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita yigʻilishida ishtirok etdi.

 

Qayd etilishicha, yoshlar oʻrtasida texnik taʼlimning nufuzini oshirishga qaratilgan ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

 

Ushbu universitet Boston Consulting Group koʻmagida ochiladi.

 

“Strategik vazifamiz yuksak xalqaro standartlarga mos yangi avlod universitetini yaratishdir. Biz zamonaviy mehnat bozorining eng yuqori talablariga javob beradigan muhandislar yetishib chiqadigan ekotizimni shakllantiramiz.

 

TASHKENT TECH Toshkent davlat texnika universiteti negizida Boston Consulting Group koʻmagida bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Ushbu loyiha jahonning ilgʻor amaliyotlarini sanoat va innovatsion rivojlanishimiz ehtiyojlariga moslashtirgan holda integratsiya qilish imkonini beradi.

 

TASHKENT TECH shunchaki oliy oʻquv yurti emas, balki Oʻzbekistonning texnologik suvereniteti va barqaror industrial oʻsishining harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi” – deydi Saida Mirziyoyeva oʻzining telegramdagi sahifasida.