Joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkaziladigan sanalar aniq boʻldi

Joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkaziladigan sanalar aniq boʻldi

2023-2024-oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar, attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinadi. 

 

Joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlari 15-16-may kunlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi:

 

Manzil

 

Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

 

56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.