Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga rektor tayinlandi

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga rektor tayinlandi

Prezidentining tegishli farmonlari bilan  Salixov Jasur Shavkatovich Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori etib tayinlandi.

 

U bunga qadar Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) rektori bo’lgan.

 

1976-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan Jasur Salixov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bakalavriat, Buyuk Britaniyaning York universiteti hamda Yaponiyaning Vaseda universitetlarida magistrlik darajalarini olgan. Oksford universiteti Oriel kollejida tadqiqotchilik qilgan.

 

Jasur Salixov 2014-yildan 2023-yil boshigacha Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga rektorlik qilgan. Shuningdek, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti ijtimoiy rivojlanish departamenti direktori hamda moliya va boshqaruv prorektori lavozimlarida ishlagan.