Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh talabalar bitiruv kiyimida harakatlanayotgan avtomobilning kapoti, tomi va bagajida sayr qilib nishonlayotgani aks etgan video tarqaldi.
Ma’lum bo’lishicha, holat Buxoro viloyatida sodir bo’lgan. Ishtirokchi talabalardan birining so’ziga ko’ra, ular ijtimoiy tarmoqlardagi trendlardan ilhomlanib, video olishgan. Bu esa keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Qoidabuzarlar tezda aniqlanib, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagani uchun ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.
