Qanday qilib?
📚 Diqqatingizni bo‘lmaydigan atmosfera toping. Kimdir o‘ta tinch xonada, kimdir odamlar ko‘p kutubxonada yaxshiroq dars tayyorlaydi.
📱Xalaqit beruvchi narsalarni uzoqroq qo‘ying. Agar sizni telefon chalg‘itsa, uni dars qilayotgan payti yoningizga emas, o‘zingizga ko‘rinmaydigan joyga qo‘ying.
⏳Reja qilib oling. Qancha narsani tugatishingiz kerakligini, necha daqiqa tanaffus sizga foydali ekanini belgilab chiqing.
🗓 Kun tartibini shakllantiring. Doimiy bir vaqtda dars tayyorlash ortiqcha narsalarga xayol bo‘linmasligi uchun yaxshi yordam beradi.
🔖 Tanaffus qilib turishni unutmang. Ozgina toza havo olish yoki boshqa usulda dam olish o‘qishingizni yana qolgan joyidan sifatli davom ettirishga yordam beradi.