Kasbiy ta’lim fanidan yakuniy imtihon tashkil etiladigan maktablar ro’yxati tasdiqlandi

Kasbiy ta’lim fanidan yakuniy imtihon tashkil etiladigan maktablar ro’yxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 8-apreldagi «Kasb-hunarga o‘qitish joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun kasbiy ta’lim fanidan yakuniy imtihonni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida»gi 117-sonli buyrug’i qabul qilindi.

 

 

Mazkur buyruqqa asosan:

 

–  kasbiy ta’lim fanidan yakuniy imtihon tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;

 

–  umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy imtihon olinadigan kasb-hunarlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;

 

–  kasb-hunar turlari bo‘yicha yakuniy imtihon o‘tkazish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

 

 

2023-2024-o‘quv yilidan kasb-hunarga o‘qitish joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2024-2025-o‘quv yilida 11-sinflar uchun kasbiy ta’lim fanidan yakuniy imtihon joriy yilning 17-20-iyun kunlari amaliy imtihon shaklida o‘tkaziladi.

 

 

Yakuniy imtihon davomida o‘quvchilarni baholashda ularning o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha egallagan bilimi va kompetensiyasi baholanadi hamda imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga elektron sertifikat beriladi.

 

Buyruq faylini yuklash