Attestatsiyadan 82 ball olgan o’qituvchi xursandchiligidan raqsga tushdi. Bu haqdagi videoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova o’zining telegramdagi sahifasida ulashdi.
«Attestatsiyadan 82 ball olib, sevinchi ichiga sigʻmayotgan Barno Boʻtayeva ustozni koʻrib xuddi oʻzim oliy toifa olgandek xursand boʻlib ketdim», – deydi Dilfuza Sobirova
