Namangan shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Madina Ikromjonova «Hayot fanlari olimpiadasi»da gʻolib boʻlib, oliygohda oʻqish uchun 100 foizlik grantni qoʻlga kiritdi.
Avvalroq, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Yoqub Ashirbekov, Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Saodatjon Muhammadova ham o’qish uchun 100 foizlik grantni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.
