Yangi tartib joriy etilishidan avval olingan sertifikatlarga berilgan baho o’zgarmaydi

Vazirlar Mahkamasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o’tgan abituriyent “A +, A” darajaga ega bo’ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo’lishi haqida xabar berilgan edi.
Shundan so’ng ko’pchilik ushbu qoida avval olingan sertifikatga ham amal qiladimi degan savol bilan telegram botimizga murojaat yuborgan.

Ushbu savolga Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi javob berdi. Unga ko’ra mezon o’zgarganga qadar olingan sertifikatlar(100 ballik tizimda)ga berilgan baho o’zgarmaydi. Ushbu sertifikatlar amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Yangi tartib faqat test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblab olingan sertifikatlarga ega bo‘ladi.

Umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining yangi tartibi bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi. Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali va AOKAning “facebook”dagi rasmiy sahifasi da jonli efirga uzatilmoqda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры