Bugun, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2024-yildagi ijrosi muhokamasi bilan davom etgan.
Adliya vaziri Akbar Toshqulovning qayd etishicha, hisobot davrida 96 ta yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jami bog‘chalar soni 6 915 tani tashkil qilmoqda. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni esa 31 140 taga yetkazilib, qamrov 76 foizga yetgan.
