O’zbekistondagi bog’chalarning birida, bolalarga zaharli ilonlar orqali namoyish ko’rsatilgani aks etgan videolar, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Holat yuzasidan bolalar ombudsmani quyidagicha bayonot berdi:
“Videoda maktabgacha talim muassasasida tarbiyalanuvchilarga hozirda noyob, Qizil kitobga kiritilgan O‘rta Osiyo kobralari bilan tomosha uyushtirilganligi va bunda bog‘cha ma’muriyati tomonidan bolalarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlik choralari ta’minlanmaganligi aks etgan.
Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan mazkur holat qachon va qayerda sodir bo‘lganligini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, buning natijasida vaziyatga huquqiy baho berish masalasi hal etiladi.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. – deyiladi rasmiy izohda”