Chortoq tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘z xizmat xonasida qimor o‘ynayotgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Bu haqda Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, o‘rnatilgan ichki mehnat tartib qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun direktor tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.