Davlat oliy taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan kitoblar ularning byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan nashr etiladi

Ushbu kitoblar roʻyxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan OTMlar kesimida shakllantiriladi.

Bu haqda Prezidentning “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qabul qilingan 2023-yil 28-noyabrdagi PQ–380-son qarorida belgilandi.

Shuningdek, qarorga koʻra jahonda mashhur 1000 ta kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi.

Kitoblarni tarjima qilish va nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqichda – Ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki roʻyxati shakllantiriladi;

2-bosqichda – aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan tanlab olish uchun dastlabki roʻyxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy roʻyxat shakllantiriladi.

Loyiha doirasida har yili nashr etiladigan kitoblar roʻyxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.

2023–2024-yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi kitobni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralari koʻriladi.

Kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bogʻliq davlat xaridlari talabgorlar oʻrtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры