Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bosh vazir Oqilbek Japarov va yana bir qancha mansabdor shaxslarga o‘qituvchilar uchun sifatsiz noutbuklar xarid qilingani uchun hayfsan berdi deb yozmoqda xalqtaliminfo.uz
Ma’lumotlarga ko’ra, Oqilbek Japarov va uning o‘rinbosari Edil Baysalov “Ta’lim vazirligi tomonidan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun sifatsiz noutbuklar xarid qilish vaqtida o‘zlariga yuklangan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganliklari uchun” hayfsan bilan jazolangan.
Shuningdek, ta’lim va fan vaziri Dog‘durqul Kendirboyeva, vazir o‘rinbosari Lira Samiqboeva, Prezident Administratsiyasining bo‘lim mudiri Jiparisa Risbekova, Prezident qarorlarini tayyorlash bo‘limining bosh eksperti Mederbek Omurbekovga ham hayfsan berilgan.