Maktab oʻquvchilari orasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Maktab oʻquvchilari orasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

“Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-392-son, 15.11.2024) qabul qilindi.

 

 

Qaror bilan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

 

 

Qarorga koʻra, 2025-yil:

 

 

– 1-martga qadar boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari yosh toifasi boʻyicha harakatli oʻyinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari roʻyxati shakllantiriladi;

 

 

– 1-iyunga qadar maktab oʻquvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, oʻquvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;

 

 

– 1-mayga qadar maktab sport klublari aʼzolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida oʻquvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etaladi;

 

 

– 1-iyulga qadar jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

 

 

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:

 

 

– 5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

 

 

– har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

 

 

– har yili anʼanaviy tarzda maktablar oʻquvchilari oʻrtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi.